Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, viloyat hokimligi masʼullari, Boʻka va Bekobod tumanlarida yashovchi namunali xonadon egalari, mahalla raislari, mutassaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda aholi xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirish masalasi muhokama etildi.
Mutasaddilarning taʼkidlashicha, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 17 milliard 685 million soʻm, Fermerlar kengashi jamgʻarmasidan 20 milliard 601 million soʻm kredit resurslari asosida 1 ta oila uchun oʻrtacha 15 million soʻm ajratilib, buning natijasida 100-150 bosh parrandalar boqilishi koʻzda tutilgan. Viloyat boʻyicha 2 ming 553 ta xonadonda 306 ming 360 bosh parranda boqish yoʻlga qoʻyiladi.
Tadbirda har bir tumanda oʻrtacha 800 tonna parranda goʻshti, 76 million dona tuxum yetishtirilishi taʼkidlandi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu kurka zoti besh oyda 20-28 kilogramm vaznda goʻsht qiladi. Oʻrtacha hisobda 1 kilogramm kurka goʻshti uchun 30-35 ming soʻmdan taʼminotchi sotib olishi rejalashtirilgan. Xonadonlarda boqilgan kurka agar oʻrtacha 20 kilogramm goʻsht qilsa, boquvchining sof foydasi 18 million soʻmni tashkil etadi. Mutasaddilar tomonidan parrandalar Boʻka, Bekobod va Ohangaron tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatiladi.