Davlat statistika qoʻmitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.
Tadbirda doimiy aholi sonini hisoblash usullari, demografik holatni baholash hamda ish haqini hisoblash metodikalari boʻyicha qoʻmita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini oʻrganildi. Shuningdek, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Yuldoshev Zoyir Toshkanovich demografiya va mehnat statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan oʻz takliflarini berib oʻtdi.
Tadbirda qoʻmita va hududiy boshqarma xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilgan holda tizimni rivojlantirish boʻyicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qoʻmita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega boʻlgan taklif va tavsiyalar berildi.
Bunday amaliy ahamiyatga ega boʻlgan videokonferensiyalar qoʻmitaning boshqa tarmoqlari tomonidan ham tizimli ravishda tashkil etilishi yoʻlga qoʻyilgan, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.