Aholi tomorqalariga suv chiqarish xarajatlari qoplab beriladi

    Agrosektor 4 Yanvar 2021 1283

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi farmoyishiga muvofiq suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalarini sugʻorish uchun vertikal sugorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga karshi kurashish jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son karori xamda Vazirlar Maqkamasining

    “Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorkalari va kishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chikarish ishlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi 459-son qarorlari qabul qilingan.

    2020-yilda respublika boʻyicha 6 mingdan ortiq aholi tomorqalarini sugʻorish uchun quduqlar burgʻilangan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi farmoyishiga muvofiq suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalarini sugʻorish uchun vertikal sugorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga karshi kurashish jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratildi.

    Ushbu mablagʻlarning aniq manzilli va adolatli tarzda oʻzi egalariga yetkazilishi alohida nazoratga olinadi.

    Ichki isteʼmol bozori va eksportga meva va sabzavotlarni eksport qilishda muhim oʻrin tutadigan tomorqa xoʻjaliklarining qoʻllab- quvvatlanishi hozirgi murakkab sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdek oʻta muhim vazifani amalga oshirishga xizmat qiladi.