Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan “HUDUDGAZ JIZZAX” gaz taʼminoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sharof Rashidov tumanidagi “S.” xususiy korxonasi tabiiy gaz taʼminotidan tegishli tartibda uzilgan boʻlsada, fuqaro X.X. aholi xonadonlarining tabiiy gaz taʼminotiga xizmat qiluvchi yer usti gaz quvuriga noqonuniy ravishda ulanib, korxona hududida ohak mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanganligi natijasida hududiy gaz taʼminoti korxonasi manfaatiga 42,7 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.