Qarorga asosan, respublika aholi xonadonlariga 3 million 546 ming 148 dona “aqlli” gaz hisoblagich oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlib, 8-mart holatiga 2 million 681 ming 088 ta (78%) hisoblagich oʻrnatildi. Xususan:
- Qoraqalpogʻiston Respublisida — 155 029 dona (64%);
- Andijon viloyatida — 205 985 dona (93%);
- Buxoro viloyatida — 210 539 dona (80%);
- Jizzax viloyatida — 138 526 dona (96%);
- Qashqadaryo viloyatida — 127 994 dona (85%);
- Navoiy viloyatida — 109 510 dona (82%);
- Namangan viloyatida — 174 537 dona (106%);
- Samarqand viloyatida — 177 722 dona (63%);
- Surxondaryo viloyatida — 92 080 dona (85%);
- Sirdaryo viloyatida — 110 326 dona (104%);
- Toshkent viloyatida — 546 617 dona (92%);
- Fargʻona viloyatida — 218 455 dona (73%);
- Xorazm viloyatida — 161 587 dona (72%);
- Toshkent shaharda — 192 181 dona (31%) zamonaviy tabiiy gaz hisoblagich oʻrnatib boʻlindi.
Respublika boʻyicha gaz hisoblagichlarini oʻrnatish ishlari joriy yilning noyabr oyiga qadar yakunlanadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.