Qarorga asosan, respublika aholi xonadonlariga 3 million 546 ming 148 dona “aqlli” gaz hisoblagich oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlib, 8-mart holatiga 2 million 681 ming 088 ta (78%) hisoblagich oʻrnatildi. Xususan:

- Qoraqalpogʻiston Respublisida — 155 029 dona (64%);

- Andijon viloyatida — 205 985 dona (93%);

- Buxoro viloyatida — 210 539 dona (80%);

- Jizzax viloyatida — 138 526 dona (96%);

- Qashqadaryo viloyatida — 127 994 dona (85%);

- Navoiy viloyatida — 109 510 dona (82%);

- Namangan viloyatida — 174 537 dona (106%);

- Samarqand viloyatida — 177 722 dona (63%);

- Surxondaryo viloyatida — 92 080 dona (85%);

- Sirdaryo viloyatida — 110 326 dona (104%);

- Toshkent viloyatida — 546 617 dona (92%);

- Fargʻona viloyatida — 218 455 dona (73%);

- Xorazm viloyatida — 161 587 dona (72%);

- Toshkent shaharda — 192 181 dona (31%) zamonaviy tabiiy gaz hisoblagich oʻrnatib boʻlindi.

Respublika boʻyicha gaz hisoblagichlarini oʻrnatish ishlari joriy yilning noyabr oyiga qadar yakunlanadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.