Aholidan madaniy boyliklarni sotib olish tartibi belgilandi

    Madaniyat 15 Mart 2023 1121

    Aholidan madaniy boyliklarni qabul qilib olish (xarid qilish) jarayoni raqamlashtirildi.

    Mazkur tartib Prezidentning 2022-yil 27-maydagi PQ-261-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan.

    Shu munosabat bilan Madaniy meros agentligi tomonidan milliyboylik.uz tizimi (veb-sayti) ishlab chiqildi. Agentlik aholiga ushbu veb-sayt orqali madaniy boyliklarini topshirish mumkinligini aytmoqda.