Tekshiruvlarda “I.L.”, “U.S.” va “E-S.” nomli xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkati rahbarlari va boshqalar aholidan yigʻilgan jami 275,3 mln soʻm majburiy badal toʻlovlarini kirim qilmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.