Tekshiruvda “P.Z.” MCHJ rahbari S.X. aholi isteʼmoli uchun ajratilgan 54,9 tonna 1-navli un mahsulotini boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Margʻilon shahrida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.U.” XK rahbari A.A. hamda “A.R.” va “T.M.” XKlarining norasmiy rahbari M.O.lar uzoq va chekka hududda istiqomat qilayotgan aholi uchun ajratilgan 10,1 tonna un mahsulotini Margʻilon shahri hududida boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A., M.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.