Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Sud qaroriga asosan korxona Navoiy viloyatining Navoiy shahri, Karmana va Zarafshon tumanlari hududida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsata olmaydi.

Bundan tashqari, ayni paytda Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy Ekologiya boshqarmasi va “Berejlivost” XICHK oʻrtasida 2021-yil 10-sentyabrda tuzilgan Tomdi, Qiziltepa va Uchquduq tumanlarida “Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida”gi 14-son bitimni bekor qilish yuzasidan kiritilgan daʼvo arizasi apellyatsiya sudi tomonidan koʻrib chiqilmoqda.