Farmonga koʻra, 2025-yil 1-apreldan:

  • “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sogʻliqni saqlash boʻyicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarga ham taqdim etiladi.
  • Bunda madaniy-maʼrifiy, taʼlim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari tushumlarining 25 foizidan koʻp boʻlmagan qismini yoʻnaltirishga ruxsat beriladi;

“Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordamlar quyidagi tartibda koʻrsatiladi:

  • oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada kambagʻal oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qoʻshimcha murojaat talab etmagan holda “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishiga asos boʻladi;
  • “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan shaxslarning ijtimoiy holatini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini esa – idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.