Ushbu onlayn ravishda oʻtkazilgan tadbir MDHning Statistika qoʻmitasi hamkorligida tashkil etildi. Vebinarda MDHning Statistika qoʻmitasi vakillari hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
Vebinarda MDHning Statistika qoʻmitasi raisi V.L. Sokolin 2022-yilda aholini roʻyxatga olish dasturi va savolnomasi loyihasi tarkibidagi savollarni tahlil qilib, aholini roʻyxatga olish savolnomasi qanday tuzilishi haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Shuningdek, vebinarda ishtirok etgan ekspertlar savolnomalarni toʻldirish va qayta ishlashdagi qiyinchiliklarni inobatga olgan holda savollar roʻyxatini qisqartirish kerakligi toʻgʻrisida oʻz takliflarini berib oʻtdi.
Tadbir davomida 2022-yilda aholini roʻyxatga olish dasturi va savolnomasi loyihasini takomillashtirish yuzasidan fikr-munozaralar bildirildi.