Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi farmoyishi bilan Oʼzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyatlardagi boʼlimlari, tuman va shahar boʼlinmalari huzurida “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi tashkil qilinib, Nizomi tasdiqlangan edi.
Jamgʼarma Nizomiga asosan mahallalardagi har bir oila, fuqaroning moddiy ahvoli oʼrganilgan holda yordam koʼrsatiladigan ehtiyojmand oilalar roʼyxati va ularga berilishi kerak boʼladigan mablagʼlar, kundalik isteʼmol tovarlari, dori vositalari xajmi shakllantiriladi. Sektorlar rahbarlari tomonidan yigʼilgan maʼlumotlar Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari sessiyasida muhokama etilib, sessiya qaroriga asosan jamgʼarma mablagʼlari aniq koʼrsatilgan maqsadlarga yoʼnaltiriladi.
Joriy yilning oʼtgan 9 oyi mobaynida fond shahar boʼlimi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasiga 694,2 million soʼm kelib tushgan.
Xalq deputatlari Gʼozgʼon shahar Kengashining tegishli qarorlariga koʼra, “Obod qishloq” dasturi doirasi “Tumar” va “Marmarobod” mahallalarida olib borilgan bunyodkorlik ishlariga 316,8 million soʼmlik qurilish materiallari olib berilgan boʼlsa, 145,7,0 million soʼmlik parranda shahardagi 54 nafar ehtiyojmand oilaga tarqatildi. Shuningdek, 10 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning uy-joyini taʼmirlash uchun 127,5 million soʼm mablagʼ ajratilgan.
Jamgʼarma mablagʼlari hisobidan “Аyollar daftari” va "Yoshlar daftari"dagi xotin-qizlar hamda yoshlarga tikuv mashinasi xarid qilindi, ayrimlariga mayda shoxli mollar tarqatildi.
Shu bilan birga, 9 may – Xotira va qadrlash kuni, Ramazon va Qurbon hayiti bayramlari munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va front orti qatnashchilariga hamda ehtiyojmand oilalarga kundalik isteʼmol mahsulotlari yetkazib berildi.
Joriy yilning oʼtgan davri mobaynida fondning shahar boʼlinmasi tomonidan shaharning istirohat bogʼida yoshlar festivali, “Uch avlod uchrashuvi”, umumxalq bayramlarida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sportning futbol, shaxmat va shashka turlari boʼyicha musobaqalar tashkil etilib, gʼolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
H.Egamov,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Gʼozgʼon shahar boʼlinmasi raisi