Loyiha yetakchi xalqaro tashkilotlar: XMT, BMTTD, YUNISEF, Jahon banki, OTB va YEI bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Strategiyani amalga oshirish uchun Kengash tashkil etiladi, quyidagilar uning asosiy vazifalari jumlasiga kiradi:

  • davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimini baholash va monitoring qilish uchun instrumentlarni aniqlash boʻyicha chora-tadbirlarini ishlab chiqish, statistik maʼlumotlarning sifatini yaxshilash va ochiqligini taʼminlash,
  • ijtimoiy nafaqalarning miqdorlarini belgilashdagi mezonlarni qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlarga asoslangan va milliy mentalitet, aholi turmush tarzidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy himoya minimal darajasini aniqlash;
  • kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam va bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalarning strukturasi sifatini oshirish, daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarini koʻrib chiqib ochiq va adolatli tizimni yaratish;
  • ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish mexanizmlarini integratsiya qilish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini funksiyalarini yana-da kengaytirish;
  • kambagʻallikni qisqartirish va inson kapitalini rivojlantirish dasturlarini, shuningdek aholi bandligiga koʻmaklashish va mehnat bozorini aktivlash boʻyicha dasturlarni oʻzaro muvofiqlashtirish;
  • bolalar, yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordamni yetkazish tartibi va tizimini qayta koʻrib chiqish va mukammallashtirish.

Hujjat loyihasi bilan:

  • 2021-2030-yillarda Aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasi;
  • Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasini tasdiqlash nazarda tutilgan.

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Lola Abduazimova.