U bu haqda X tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qilib, tashqi ishlar vazirligida uch yil davomida matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritganini va ushbu davrda hamkasblari hamda hamkorlarining qoʻllab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirgan.

Burxonovning taʼkidlashicha, oʻtgan yillar davomida turli tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish, ustozlardan saboq olish, hamkasblar bilan birgalikda ishlash hamda turli darajadagi uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etish uning faoliyatida muhim tajriba boʻlgan.

Uning soʻzlariga koʻra, barchani birlashtirgan asosiy maqsad — Oʻzbekiston manfaatlariga xizmat qilish boʻlib, aynan shu yoʻldagi ishonch va hamkorlik uchun barchaga minnatdorlik bildirgan.