Ai-80 markali benzindan butunlay voz kechish yoʻnalishida 3-yildan buyon ish olib borilyapti

    Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv kengashi raisi oʻrinbosari Odil Temirov maʼlum qildi.

    Ai-80 markali benzindan butunlay voz kechish yoʻnalishida 3-yildan buyon ish olib borilyapti. Hozirda Xitoy kompaniyasi bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish boshlangan.

    Hisob-kitoblarimizga koʻra, 1-yilda ishlatiladigan Ai-80 benzindan voz kechilsa, bu respublika miqyosida 17 ming tonna uglerod oksidi emissiyalari kamayishiga olib keladi", dedi mutaxassis.

    Ayni vaqtda butun dunyoda ekologik nuqtayi nazardan Yevro-5, Yevro-6 talablariga mos keladigan Ai-92 va undan yuqori benzin turiga oʻtilgan. Yevro-2 ekologik talablariga muvofiq ishlab chiqarilayotgan Ai-80 avtobenzin yonganda ajralib chiqadigan emissiya normalari, jumladan uglerod oksidi yoki is gazining meʼyori avtotransport bosib oʻtadigan 1 kilometr masofa uchun zarar miqdori 2,2 gramm, azot oksidi esa 0,5 grammni tashkil etadi.

    Ai-80 markali benzindan voz kechish nafaqat texnikaning ishlash davriyligini choʻzadi, balki atrof-muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.