Eslatib oʻtamiz, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mutaxassislari tomonidan 2021-yil davomida yangi turdagi avtomobil benzini ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tadqiqotlar olib borilishi natijasida “AI-98” yuqori sifatli tijorat benzinini ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan edi.

Maʼlumot uchun: Bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 20 dan ortiq rusumdagi, 9 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan avtomobil benzinlari qatorida “AI-80”, “AI-91”, “AI-92”, “AI-95”, “QuWatt AI-95” brendi va yangi “AI-98” avtomobil benzini oʻrin olgan, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgazԇ AJ matbuot xizmati “Buxoro NQIZ” MCHJ maʼlumotiga tayanib.