A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti pedagogika sohasida jahonda taniqli universitet hisoblanadi. Toshkent filialida 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab “Maktabgacha taʼlim”, “Maxsus pedagogika (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika)”, “Psixologiya”, “Rus tilini oʻqitish nazariyasi va metodikasi” va “Psixologiya va ijtimoiy pedagogika” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Filialda oʻqitish grant va shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Qaxramon Olimov 2020-2021-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.