Air Astana 12 yoshli yo'lovchiga qarshi sudda yutqazdi

    Air Astana aviakompaniyasi apellyatsiya sudida uralsklik 12 yoshli yo'lovchi Zere Galievaga qarshi sudda yutqazdi, uning nomiga bortga chiqish taloni rasmiylashtirilmagandi va u Ostona aeroportida yolg'iz qolib ketgandi.

    Bu haqda Qozog'iston OAVlari xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, 20-iyul kuni o'n ikki yoshli egizak qizlar Zere va Zaure Galievalar Ostonada to'xtash bilan AQShdan Uralskga qaytayotgan edi. Biroq reysga ro'yxatdan o'tish vaqtida FlyArystan (Air Astana sho'ba korxonasi) aviakompaniyasi xodimlari opa-singillardan faqat bittasini ro'yxatdan o'tkazishgan. Oqibatda Zere bortga chiqish talonidan mahrum bo'ldi. Muammoni hal qilishga va'da bergan FlyArystan xodimlari bolani Ostona aeroportida qoldirishdi va samolyot Uralskka uchib ketdi.

    Qiz ertasi kuni kattalar hamrohligisiz uchib keta oldi.

    Apellyatsiya shikoyatini ko'rib chiqish chog'ida Air Astana vakillari o'z e'tiborsizligini tan oldi, biroq qizning onasi uchun to'lanadigan ma'naviy tovon pulini 5 million tengedan (taxminan 10,5 ming dollar) 1,5 millionga kamaytirishni so'radi.

    Sud aviakompaniyaning bu iltimosini rad etdi, deb xabar beradi report.az.