Tashrif davomida “GTL” zavodida ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi sintetik yoqilgʻi mahsulotlarni tayyorlashning joriy holati, ularning sifati va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda isteʼmolchilarga yetkazib berish jarayonlari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Delegatsiya vakillari zavodning zamonaviy boshqaruv panellari orqali 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Uzbekistan GTL” MCHJ Bosh direktori hamda “Air Products” kompaniyasi vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan muzokarada hamkorlikdagi kelgusi rejalar haqida kelishib olindi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati “Uzbekistan GTL” MCHJ xabariga tayanib.