Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida taniqli yozuvchi, navoiyshunos Akrom Malik bilan o'tkazgan ijodiy uchrashuvimizda shu fikrlar yana bir bor o'z tasdig'ini topdi. Suhbat avvalida Hazrat Navoiy adabiy merosining muhim ahamiyati, tarbiyaviy jihatlari xususida so'z bordi.

Muloqotning bahs-munozaraga boy va mazmunli kechganidan ko'rish mumkinki, bugungi yoshlar mumtoz adabiyotdan yaxshi xabardor, ajdodlari merosiga befarq bo'lmagan jamiyat vakillaridir.

Muxtasar aytganda, talabalarimiz san'at va adabiyot mushtarakligini teran anglagan holda, badiiy mutolaa insonni ezgulik yo'liga boshlovchi muhim vosita ekanligini yana bir karra qalban chuqur his etdilar.