Akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlari ertadan boshlanadi

    Tashvishli xabar 12 Iyul 2022 3096

    Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini oʻtkazish grafigi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Unga koʻra litseylarda imtihonlar joriy yilning 13-iyulidan 16-iyuliga qadar (har kuni) 2 smenada oʻtkaziladi.

    Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Nukus davlat pedagogika instituti tasarrufidagi akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini oʻtkazishning aniq muddatlari qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.

    Ruxsatnomani qayerdan olsa boʻladi?

    Abituriyentlar dastlabki saralash imtihoniga kirish ruxsatnomasini bugun, 12-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.

    Shuningdek, abituriyentlar imtihonlarga kirish uchun ushbu ruxsatnoma bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (tugʻilganlik guvohnomasi, pasporti yoki ID kartasini) ham olib borishlari lozim.

    Qoʻshimcha maʼlumot uchun litseylardagi “Call-center”lar roʻyxati @eduuzuniversalbot da.