Bu boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Test sinovlarini oʻtkazish vaqti quyidagicha;
25-iyul kuni 1 smenada oʻtkazilib, soat 15:00 da;
26-iyul kuni 2 smenada oʻtkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2- smena soat 15:00 da boshlanadi.
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga oʻzining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
Shuningdek, abituriyentlar test sinovi oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishi lozim.