Akbar Joʻrayev jahon kubogi gʻolibi boʻldi

    Sport 11 Aprel 2024 1416

    Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tailandning Pxuket shahrida oʻtayotgan Jahon kubogida dastlabki medallarini qoʻlga kiritdi.

    Erkaklar oʻrtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Akbar Joʻrayev va Sharofiddin Amriddinov kun qahramoniga aylanishdi.

    Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Joʻrayev dast koʻtarishda 189 kg, siltab koʻtarishda 227 kg va ikki kurash boʻyicha 416 kg bilan 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Dast koʻtarishda 170 kg qayd etgan Amriddinov ushbu dasturda bronza medaliga ega chiqdi. Uning siltab koʻtarishdagi 208 kg va ikki kurashdagi 378 kg natijalari ushbu yoʻnalishlarda medallar uchun kamlik qildi.

    Afsuski, ayollar oʻrtasida +87 kg vazn toifasida qatnashgan Tursunoy Jabborova dast koʻtarishdagi 119 kgdan keyin musobaqani oxirigacha yakunlay olmadi.