Tadbirni Aziz Abduhakimov ochib berar ekan, Prezidentimiz boshchiligida sportimizni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar, saʼyi-harakatlar, yosh sportchilarimizga yaratib berilayotgan sharoit haqida toʻxtalib, ortda qolgan yilda erishilgan muvaffaqiyatlarimiz uchun barchaga oʻz minnatdorchiligini bildirib oʻtdi. Shundan soʻng tantanali taqdirlash marosimiga navbat berildi. Unga koʻra, quyidagi yoʻnalishda munosiblar taqdirlanishdi:

Sport sohasidagi koʻp yillik mehnati uchun – Bahodir Maxsitov, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi

Yilning eng faol sport targʻibotchisi – Mudofaa vazirligi sport markazi

Yilning eng faol jurnalisti – Shafoat Tolipjonova, “Sport” telekanali muxbiri

Yilning eng yaxshi fotomuxbiri – Alimurod Mamadaminov, OʻzA fotomuxbiri

Yilning eng faol sport muxlisi – Abdurahmon Fozilov

Sport yoʻnalishida yilning eng faol matbuot xizmati – Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot xizmati

Yilning eng faol sport sayti – sports.uz sayti

Yilning eng yaxshi sport shifokori – Dilshodbek Mahmudov, MOQ qoshidagi RSTIAM bosh shifokori

Yilning eng yaxshi hududiy Turizm va sport bosh boshqarmasi – Fargʻona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

Yilning eng faol sport blogeri – Hilola Isoqova

Yilning eng yaxshi terma jamoasi – Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

Yilning eng faol sport maktabi – Buxoro tumani BOʻSM

Yilning eng yaxshi murabbiyi – Pavel Xan, taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi (qizlar oʻrtasida) – Nigina Oʻktamova, boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi (oʻgʻil bolalar oʻrtasida) – Kamronbek Qadamov, erkin kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni

Yilning eng tomoshabob sport tadbirlari tashkilotchisi – Oʻzbekiston aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi

Yilning eng matonatli erkak sportchisi – Elbek Sultonov, para yengil atletika boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori

Yilning eng matonatli ayol sportchisi – Nurxon Qurbonova, para yengil atletika boʻyicha ikki karra Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi – Sardor Abduxalikov, para yengil atletika boʻyicha terma jamoa bosh murabbiyi

Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi (oʻgʻil bolalar oʻrtasida) – Boburjon Omonov, para yengil atletika boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni

Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi (qizlar oʻrtasida) – Asila Mirzayorova, para yengil atletika boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori

Yilning eng saxiy sport homiysi – “Qizilqumsement”, OKMK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatlari va OFB xususiy aksiyadorlik tijorat banki

Yilning eng halol hakami – Ramziddin Saidov, dzyudo boʻyicha xalqaro toifadagi hakam

Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi – Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

Yilning eng intiluvchan federatsiyasi – Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi

Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qoʻshgan hissasi uchun – Otabek Umarov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti

Yil kashfiyoti – Ulugʻbek Rashitov, taekvondo WT boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni

Muxlislar tanloviga koʻra yilning eng yaxshi sportchisi – Bahodir Jalolov, boks boʻyicha boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni

Respublika komissiyasi xulosasiga koʻra yilning eng yaxshi sportchisi Milliy kubogi sohibi – Akbar Joʻrayev, ogʻir atletika boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni