2021-yilda yoshlarni matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili kabi fanlarni oʻrganishga jalb qilish, taʼlim va fan rivojiga oʻz hissasini qoʻshish maqsadida ilk bor tashkil etilgan olimpiada koʻplab iqtidor egalalarini kashf etgan edi.

Olimpiada uch bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda qiziquvchi yoshlar ushbu havola orqali 2022-yil 10-yanvardan 1-martgacha roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Ishtirokchilar bitta yoki bir nechta fanlarni tanlashlari mumkin.

2022-yil, 10-mart kuni boʻlib oʻtadigan birinchi bosqichda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar onlayn olimpiadada qatnashadi. Har bir fan boʻyicha test topshiriqlari soni 20 tadan iborat boʻladi. Birinchi bosqich natijalariga koʻra har bir fandan eng yuqori ball toʻplagan 100 nafar yoshlar ikkinchi bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Ikkinchi bosqich 2022-yil, 17-mart kuni boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar fanga qarab 20 tadan 25 tagacha topshiriqlarni yechishlari kerak boʻladi. Har bir fandan eng yuqori ball toʻplagan 25 nafar yoshlar ikkinchi bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Olimpiadaning yakuniy bosqichi 31-mart kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Yakuniy bosqich ishtirokchilari matematika, kimyo va biologiya boʻyicha 10 ta masalani yechadi. Ingliz tilidan sinovlar insho va test savollaridan iborat boʻladi.

Har bir fan boʻyicha 10 nafar gʻolib aniqlanadi, ular quyidagi sovrinlarga ega boʻlishadi:

1-2-oʻrinlar — 25 million soʻm

3-4-oʻrinlar — 20 million soʻm

5-6-oʻrinlar — 15 million soʻm

7-8-oʻrinlar — 10 million soʻm

9-10-oʻrinlar — 5 million soʻm.

Sovrin egalari ushbu mablagʻlardan faqat AKFA universitetida oʻqish uchun toʻlovlarni toʻlash maqsadida foydalanishi mumkin. Agar ishtirokchi bir nechta fanlar boʻyicha sovrindorga aylansa, mukofotlar jamlanadi, bu esa AKFA universitetida bepul oʻqish imkoniyatini beradi.