Aksirishni ushlab turish xavflimi?

    Koʻpincha oʻzlarini aksirish istagidan qaytaruvchi odamlarda quloq, quloq pardasi, shuningdek, koʻz tizimi bilan bogʻliq muammolari mavjud boʻladi.

    Aksirishni ushlab turish inson organizmi uchun zararli. Ushbu jarayonni tez-tez eʼtiborsiz qoldirish quloq-tomoq yoʻliga xavf tugʻdirishi mumkin.

    Koʻpincha oʻzlarini aksirish istagidan qaytaruvchi odamlarda quloq, quloq pardasi, shuningdek, koʻz tizimi bilan bogʻliq muammolari mavjud boʻladi.

    “Neuro Surgery” klinikasi terapevti Germanning soʻzlariga koʻra, aksirishni doimiy ravishda ushlab turish, sinusit, migren va hatto qon-tomir va aortaning yorilishi kabi kasalliklarning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan koʻplab holatlar qayd etilgan. Bunday achinarli oqibatlar, aksirishni tiymoqchi boʻlganida, inson aʼzolariga taʼsir etuvchi kuch tufayli yuzaga keladi. Baʼzan bu kuch bugʻ qozonining portlashiga teng boʻladi.