Oʻzingizni Oʻzbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish jarayonida ishtirokchi sifatida koʻrishni istaysizmi?
Demak, ushbu tanlov aynan Siz uchun!

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan IT sohasiga yoshlarni kengroq jalb qilish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda tanlov eʼlon qiladi:

  1. ITda faoliyat yurituvchi yoshlarni kashf qilishga qaratilgan motivatsiya beradigan eng yaxshi mediamahsulot (ijtimoiy rolik, koʻrsatuv, maqola):

— Eng yaxshi ijtimoiy rolik (1, 2);

— Eng yaxshi koʻrsatuv (1, 2);

— Eng yaxshi maqola (1, 2);

  1. IT yoʻnalishiga yosh xotin-qizlarni eng koʻp jalb qilishga hissa qoʻshadigan, motivatsiya beradigan eng yaxshi mediamahsulot (ijtimoiy rolik, koʻrsatuv, maqola):

— Eng yaxshi ijtimoiy rolik (1, 2);

— Eng yaxshi koʻrsatuv (1, 2);

— Eng yaxshi maqola (1, 2);

Mazkur nominasiyada ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalistlar, blogerlar IT yoʻnalishida faoliyat yurituvchi yoshlarni kashf etish maqsadida tayyorlangan materiallari bilan qatnashishlari mumkin.

  1. IT yoʻnalishiga yosh xotin-qizlarni eng koʻp jalb qilgan soha (1, 2, 3):

Ushbu nominatsiyada AKT yoʻnalishida faoliyat yurituvchi xodimlarning aksariyati yosh xotin-qizlardan iborat vazirlik, idora va mahalliy hokimliklar ishtirok etishi mumkin.

  1. IT yoʻnalishida eng koʻp yoshlarni oʻqitgan muassasa (1, 2, 3):

Mazkur nominatsiyada mustaqil ravishda yoshlarni AKT sohasiga oʻqitish bilan shugʻullanuvchi oʻquv markazlari qatnashishlari mumkin. Ushbu yoʻnalishda oliy taʼlim muassasalari ishtirok eta olmaydi.

Nominatsiyalar boʻyicha materiallar tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 2022-yil 25-noyabrgacha kamida 3 ta tayyorlangan, OAV (televideniye, matbuot va internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar)da eʼlon qilingan boʻlishi shart.

Materiallarni topshirish muddati: 2022-yil 10-noyabrdan 25-noyabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida qabul qilinadi.

Gʻoliblar 2022-yil 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali tadbirda tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar va tanlovning boshqa shartlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining www.mitc.uz rasmiy saytida hamda Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilinadi