Vazir Elchini O‘zbekistonga Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi hamda yuksak va mas’uliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuvda tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni olib borish masalalarini muhokama etdi. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.