Aktam Xaitov Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan Ilhom Aliyevni “Yangi Ozarbayjon” partiyasining 30 yilligi bilan tabrikladi hamda Oʻzbekiston Prezidentining ezgu tilaklarini yetkazdi.

Aktam Xaitov Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon bilan oʻzaro aloqalarni yuksak qadrlashini taʼkidladi.

Prezident Ilhom Aliyev tabrik uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ezgu tilaklarini yetkazishni soʻradi.

Prezident Ilhom Aliyev joriy yilda Oʻzbekistonga uch marta tashrif buyurganini qayd etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlarini mamnuniyat bilan esladi.