Prezidentning tegishli farmonga koʻra, 2027-yildan har yili “Yorqin isteʼdod” loyihasini amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarining xorijiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishi uchun 200 tadan kvota ajratiladi.
Kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilar soni 200 nafardan kam boʻlgan taqdirda, oʻqishga yuborish boʻyicha tanlov oʻtkazilmaydi.
Kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilar soni 200 nafardan oshganda, quyidagi ustuvorlik asosida tanlov amalga oshiriladi:
- Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzosi hisoblanishi;
- xorijiy oliy taʼlim tashkilotining xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik reytingdagi oʻrni;
- oliy taʼlim tashkilotidan taqdim etilgan grant miqdori.








