So'nggi bir kun ichida Isroilning G'azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida kamida 50 kishi halok bo'ldi. Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Isroil armiyasi Xon-Yunis g'arbidagi Al-Mavasi hududida ko'chirilgan odamlar joylashgan chodir lagerini o'qqa tutdi. Telekanalning qayd etishicha, G'azo sektori shimolidagi “Kamol Advan” shifoxonasi kuchli o'qqa tutilmoqda.
Anklav Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil oktabr oyida harbiy amaliyot boshlanganidan buyon Isroilning G'azo sektoridagi harbiy harakatlari oqibatida 45,2 mingdan ortiq falastinlik halok bo'ldi, 107,6 mingdan ortiq kishi jarohatlandi, deb xabar beradi tass.ru.