Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Unga ko'ra, Isroil armiyasining tibbiyot muassasasiga hujumi oqibatida xodimlar bolalar bo'limini evakuatsiya qilishga majbur bo'ldi. “Isroil samolyotlari va dronlarining hujumi paytida bolalar bo'limi binolari, jumladan, inkubatorlar bilan jihozlangan palatalar zarar ko'rdi. Bolalar va yangi tug'ilgan chaqaloqlar, shuningdek, shifoxonaning bir qator xodimlari jarohat oldi”, dedi “Kamol Advan” shifoxonasi hamshiralar bo'limi boshlig'i Id Sabbah Al Jazeera telekanaliga, va u reanimatsiya uskunalari va inkubatorlar vayron qilinganini ta'kidladi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Isroil mudofaa kuchlarining “Kamol Advan” shifoxonasiga yangi hujumi munosabati bilan yana bir bor “otishmani zudlik bilan to'xtatish va tinchlik o'rnatishga” chaqirdi, deb xabar beradi tass.ru.
“G'azodagi shifoxonalarga hujumlar davom etmoqda, bemorlar zarar ko'rmoqda, tibbiyot va gumanitar xodimlar hayot uchun xavfli sharoitlarda ishlashda davom etmoqda. Odamlarning hayoti zudlik bilan va so'zsiz o't ochishni to'xtatishga bog'liq”, dedi JSST rahbari X (avvalgi Twitter) e'lon qilgan bayonotida.