Unga ko'ra, isroillik harbiylar anklav markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi “Al-Avda” shifoxonasi oldida joylashgan Quds News Network telekanalining sun'iy yo'ldosh orqali uzatilishini ta'minlovchi avtomobilga hujum qildi. Telekanal besh jurnalist halok bo'lganini tasdiqladi.
2023-yil 7-oktabrda G'azo sektoridan Isroil hududiga Falastinning HAMAS radikal harakatining qurolli tarafdorlari kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari aholisining o'ldirilishi va asirlarning garovga olinishi bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Bunga javoban Isroil anklavda HAMASning harbiy va siyosiy tuzilmasini yo'q qilish va o'g'irlab ketilganlarning hammasini ozod qilish maqsadida operatsiya boshladi. G'azo sektoridagi janglar va G'arbiy Sohildagi to'qnashuvlar hamon davom etmoqda, deb xabar beradi tass.ru.