Al Masirah: AQShning Yamandagi muhojirlar markaziga uyushtirgan zarbasi qurbonlari soni 68 nafarga yetdi

    AQShning Yaman shimoli-g'arbidagi Saada shahrida afrikalik muhojirlarni saqlash markaziga bergan zarbasi oqibatida halok bo'lganlar soni 68 nafarga yetdi, 47 kishi yaralandi.

    Bu haqda Yamanning “Ansor Alloh” harakatidan huciy isyonchilar nazorati ostidagi Al Masirah telekanali xabar berdi.

    Avvalroq telekanal 35 qurbon va 50 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. Unga ko'ra, yaradorlarning aksariyatining ahvoli shifokorlar tomonidan og'ir deb baholanmoqda.

    Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, hujum vaqtida markazda 115 nafar muhojir bo'lgan.

    2023-yilda G'azo sektoridagi mojaro avj olgandan so'ng, husiylar Isroil hududini o'qqa tutib, ularga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo'g'ozi suvlari orqali o'tishiga yo'l qo'ymasliklari haqida ogohlantirgan. Hujumlar joriy yilning yanvar oyi o'rtalarida Falastin anklavida o't ochishni to'xtatish rejimidan keyin to'xtatildi, biroq mart oyi boshida sulh barbod bo'lgach, isyonchilar Qizil dengizdagi Isroil kemalariga hujumlarni qayta boshlaganliklarini e'lon qilishdi va keyin yana yahudiy davlati ichidagi nishonlarga raketalar bilan hujum qilishga urina boshlashdi.

    15-mart kuni AQSh Prezident Donald Trampning buyrug'i bilan Yaman hududining uchdan bir qismini nazorat qilayotgan husiy nishonlariga yirik zarbalar berishni boshladi. AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo'mondonligining tushuntirishicha, operatsiya Amerika manfaatlarini himoya qilish va kemalar erkin harakatlanishini ta'minlashga qaratilgan. Bunga javoban “Ansor Alloh” harakati Qizil dengiz shimolida Harry Truman aviatashuvchi kemasiga qator hujumlar uyushtirdi, deb xabar beradi tass.ru.