Isroil harbiy-havo kuchlari “Ansor Alloh” isyonchi harakatining husiylar nazorati ostidagi Yaman poytaxti Sana xalqaro aeroportiga qator zarbalar berdi. Bu haqda isyonchilarga tegishli Al Masirah telekanali xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko'ra, Isroil samolyotlari Sana aeroportiga kamida to'rt bor zarba bergan. Yemenia Airways aviakompaniyasi samolyoti, shuningdek, aeroportning uchish-qo'nish yo'lagi ham o'qqa tutildi, deb xabar beradi tass.ru.