“Al-Rowad” kompaniyasi 10 million dollarlik loyihani amalga oshirmoqchi

    Investitsiyalar 25 Mart 2023 618

    Ayni kunlarda Misrning “Al-Rowad” kompaniyasi kompaniyasi bosh direktori Abdel Rahmon El-Gabbas boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda ishchi tashrif bilan bolib turibdi.

    “Oʻzcharmsanoat” uyushmasida bilan boʻlib oʻtgan muloqotlarda yangi loyihani amalga oshirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

    Muloqotda soʻngi yillarda yurtimiz charmsanoatining ishlab chiqarish salohiyati, investitsion muhit, eksport imkoniyatlar, xom ashyo bazasi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek sohaga sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan bojxona, soliq imtiyozlar, transport-logistika yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

    Qayd etish kerak, mazkur invest loyihaning umumiy qiymati 10 million dollarni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish boʻyicha yer maydonlarini tanlash maqsadida kompaniya vakillari Toshkent, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida boʻlib ishlab chiqarish va ajratilishi koʻzda tutilgan yer maydonlarini borib koʻradi.

    Uchrashuvda yarim va tayyor charm ishlab chiqarish salohiyat, eksport koʻrsatkichlari yuzasidan fikr almashildi. Hamkorlikning kelgusi istiqbolli yoʻnalishlari va yangi oʻsish nuqtalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.