Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Achilboy Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, qurilish vaziri Botir Zakirov, Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Loyiha boʻyicha majmuada buyuk alloma, algoritm asoschisi al-Xorazmiyning balandligi 30,5 metrlik muhtasham haykali qad rostlaydi.
Yangi massivda al-Xorazmiy nomidagi universitet va talabalar yotoqxonalari, 3000 oʻrinli maktab va 1500 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi, IT-park, innovatsiya markazi, sport majmuasi, ilmiy-tadqiqot markazi, koʻp qavatli uylar va avtoturargohlar, markaziy alleya – “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi barpo etiladi.
Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda texnopark va zamonaviy toʻqimachilik korxonalari qurilib, ishga tushiriladi.