Mozaika o'rta maktabni ta'mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda topilgan.
Bu nafaqat Albaniya, balki butun Bolqon mintaqasi uchun juda kam uchraydigan mozaika ekani qayd etildi.
Geometrik va gulli shaklga ega to'q ko'k va oq toshlardan tashkil topgan bu mozaika I asr oxiri II asr boshlariga taalluqlidir va bir vaqtlar Durres amfiteatri yaqinida joylashgan hashamatli villaning bir qismi bo'lgan. Ushbu mozaikaning faqat bir qismi aniqlangan, u 60 kvadrat metrni egallaydi.
Mozaikadan tashqari devorning uch metrli sharqiy qismi, shuningdek, bir qancha boshqa ashyolar ham topildi, deb xabar beradi korrespondent.net.