баннер
22 Fev 2025
11:16

    Alibaba Cloud kompaniyasi Oʻzbekistonda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi

    Soliq qoʻmitasi Alibaba Group (ALIBABA.COM) kompaniyasiga rasmiy soʻrov yuborgan edi.

    Alibaba Cloud kompaniyasi Oʻzbekistonda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Xabarda aytilishicha, Qoʻmita tomonidan Alibaba Group (ALIBABA.COM) kompaniyasiga rasmiy soʻrov yuborilgan edi. 28-yanvar kuni Alibaba Cloud (Singapore) Private Limited bulutli hisoblash sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyasi tax.uz QQS-ofisi orqali Oʻzbekistonda koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi.

    Maʼlumot uchun. Oʻzbekistonda elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el kompaniyalari jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan bunday xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchisi hisoblanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech