Biroq qarzdor aliment pullarini toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelganligi sababli, Urganch tumani maʼmuriy sudining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-4-moddasi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qarzdor U.Jumaniyazov maʼmuriy qamoq jazosini oʻtab chiqib, oʻziga tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan qasddan muttasil boʻyin tovlab kelgan. Oqibatda, uning qarzdorligi bugungi kunga kelib 6,5 mln. soʻmdan oshib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Urganch tuman boʻlimi tomonidan fuqaro X.Ruzmetovaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Natijada, mazkur holat jinoyat ishlari boʻyicha Urganch tuman sudining ochiq majlisida koʻrib chiqilib, qarzdor U.Jumaniyazov Oʻzbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi tayinlandi.