Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor A.Gaziyev hech qayerda ishlamaganligi sababli aliment oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida hisob-kitob qilingan va 5 oy uchun alimentdan 3,4 mln soʻm qarzdorligi mavjud boʻlgan.

Joriy yilning 17-fevral kuni A.Gaziyev bilan oʻtkazilgan suhbat jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi mazmun-mohiyati, oʻz vaqtida aliment toʻlamaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirilganida u alimentni oldindan toʻliq toʻlab berishini maʼlum qilgan.

Hisob-kitoblarga koʻra voyaga yetmagan S.Gaziyevaning moddiy taʼminoti uchun u 18 yoshga toʻlgunga qadar jami 99 mln. 908 ming soʻm toʻlanishi lozim boʻlgani holda, joriy yilning 18-fevral kuni undiruvchi D.Marufova Byuroning Fargʻona shahar boʻlimida xolislar ishtirokida 99 mln. 908 ming soʻm aliment pulini naqd shaklda toʻliq sanab qabul qilib olgan.

Shunga koʻra, qarzdorga nisbatan qoʻllanilgan cheklov va taqiqlarning barchasi bekor qilinib, ijro hujjati boʻyicha majburiy ijro harakatlari toʻxtatilgan.