Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to'lash, shuningdek aliment to'lash majburiyatini ta'minlash bo'yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to'g'risida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to'lash bola voyaga etgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo'lmagan muddatga amalga oshirish ko'rsatib o'tilgan.
Byuroning CHortoq tuman bo'limi ish yurituvida bo'lgan, fuqarolik ishlari bo'yicha YAngiqo'rg'on tumanlararo sudining 2001 yil 1 apreldagi hal qiluv qaroriga ko'ra Po'latov Xabibullo undiruvchi Zokirova Karomat foydasiga bir nafar farzandi uchun voyaga etgunga qadar har oyda barcha topgan daromadidan ¼ qism miqdorida aliment to'lash belgilangan.
Fuqaro X.Po'latov bilan karantin davrda olib borilgan tushuntirishlar samara berdi. U ma'suliyatini his etib, o'z farzandi uchun 13 mln so'm aliment mablag'ni voyaga etgunga qadar to'lab berdi. Ijro ishi amalda tamomlandi.
YOki Fuqarolik ishlari bo'yicha YAngiqo'rg'on tumanlararo sudining 09.01.2020 yildagi sud buyrug'iga asosan qarzdor Bozarov Alimardondan undiruvchi Qulmatova Salima foydasiga aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati byuro ish yurituviga olingan. Qarzdor otaga karantinli davrda ham voyaga etmagan farzandi uchun aliment mablag'ni to'lab borishi tushuntirildi. O'z navbatida bugun uyda qolayotgan farzandi moddiy ta'minoti to'lanishi ma'suliyatini anglagan ota 7 mln so'm mablag'ni to'lab berdi.
Asosiysi, bu majburiyatlarni vijdonan bajargan otalar amalda farzandlarining taqdiriga befarq emasligidan dalolat.
MIB Namangan viloyat boshqarmasi