Yangidan taʼmirlanayotgan kinosaroyda joriy yilning soʻnggiga qadar 10 dan oshiq filmlarning katta premyerasi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Premyerasi kutilayotgan filmlar sirasiga “Ibrat”, “Tengiz”, “Tanho qayiq”, “Oʻzbekcha ajrashish”, “Orzular qanotida”, “Men terorchi emasman”, “Muhabbat bahori”, “Mahmudxoʻja Behbudiy”, “Rangsiz tushlar”, “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi”, “Shapatillo va qizil sumkacha”, “Baron-2” kabi kinoasarlar kiradi.
Hozirda kinosaroyning qarovsiz qolgan qismlari qayta taʼmirlanib, jihozlanmoqda. Kinosaroy birinchi qavatida retro avtomobillardan iborat eksponatlar, ikkinchi qavatda esa mototsikllar koʻrgazmasi tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, chipta sotish xonalari, ovqatlanish burchaklari, kutish zallari ham qayta yangilanmoqda.
“Oʻzbekkino” milliy agentligi Axborot xizmati