Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan 9-fevral — Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi arafasida bir qator loyihalar amalga oshirilyapti.
Shu oʻrinda, turli xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda gʻazal mulkining sultoni boʻlmish Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan keng targʻibot tadbirlari olib borilyapti.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasidagi vatandoshlarimiz, “Almaz” jamoat tashkiloti tomonidan Alisher Navoiy ijodiga atab tayyorlangan maxsus videolavha taqdim etildi.
Mazkur fleshmobda vatandoshlarimiz ishtirokida Navoiy qalamiga mansub ruboiy va hikmatli soʻzlar keltirilgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.









