Alisher Usmonov marhamatlik 1000 ta oilaga 2,5 miliard so'mlik moliyaviy yordam ko'rsatdi

    Mamlakatimizda 21 May 2020 4783

    O'zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Marhamat tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 1000 ta oilaga jami 2,5 miliard so'mlik moliyaviy yordam ko'rsatdi.

    Muhtojlarni qo'llab-quvvatlash, nochorlarga, keksalarga mehr-oqibat, saxovat ko'rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Bu ezgu fazilatlar qon-qonimizga singib ketgan. Ayniqsa, bugungi tahlikali kunlarda ana shu o'lmas qadriyatlarimiz yana bir bor sinovdan o'tmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun millatimiz “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati atrofida jipslashmoqda. Bu xalqimizning birligi, hamjihatligining amaliy namunasi bo'lmoqda.

    Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin tartibi joriy etilgan bugungi sinovli kunlarda ehtiyojmand, kam ta'minlangan insonlar va oilalarga yordam ko'rsatishga imkoni bo'lgan har bir yurtdoshimiz xayrli harakatga qatnashishga intilmoqda.

    Marhamat tumanidagi 48 ta mahalla fuqalolar yig'inlarida jami 1000 ta oila ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan bo'lib ularning har biriga taniqli biznesmen va metsenat Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam mablag'lari yo'naltirilgan bank kartalari «O'zmilliybank» aktsiyadorlik jamiyati Marhamat filiali xodimlari, tuman hokimligi vakillari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda etkazib berildi.

    - Bugungi sinovli kunlarda ko'rsatilayotgan bunday yordamlar biz uchun ertangi kunimizga ishonch va farzandlarimiz kelajagi uchun o'zimiz ham harakat qilishimizga undaydi - deydi fuqaro Qimmatxon Dehqonova. –Savobli ishlarni tashkil etgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

    Rustamjon eSHONOV.