Mazkur qarorga asosan, isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinishi belgilab berilgan.

Sohada va aynan litsenziya berish borasida shaffoflikni taʼminlash, mahsulot sifatini qatʼiy nazorat qilish hamda faoliyat yuritayotgan korxonalarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 1-yanvaridan shu kunga qadar 66 ta korxonaga 188 turda isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishi uchun litsenziya berildi.

Qolaversa, Agentlik tomonidan oʻziga yuklatilgan vazifa va vakolatlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 301-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga asosan, 105 ta korxonaga alkogol mahsulotlari bilan ulgurji savdoni amalga oshirish uchun litsenziya berildi.

Eng muhimi, Agentlik tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga litsenziya berilishida ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish, shuningdek litsenziya berilishida inson faktori qatnashishini cheklash maqsadida litsenziya talabgorlaridan hujjatlar elektron koʻrinishda olish hamda talabgorlarga ortiqcha yuklama boʻlmasligi maqsadida tegishli organlardan xulosalar bevosita Agentlik tomonidan olish mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan.

Sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar oʻz mahsulotini qonuniylashtirish uchun shu kunga qadar qator muammolarga duch kelib, sarsonu sargardon boʻlishi mana bugun ushbu tadbirlar sabab unutildi.