Mazkur tartib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 26 maydagi «Kichik biznes sub'ektlarining o'sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma'muriy shart-sharoitlar yaratish to'g'risida»gi PF–100-sonli farmoni bilan joriy etildi.
Unga ko'ra, mehmonxona va restoranlar, kafe hamda boshqa umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol` va tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul hisob-kitoblarini amalga oshirish huquqiga ega bo'ldi.

 Yangi tartib xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari hamda iste'molchilar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

 Mazkur tartib 2026 yil 1 iyundan kuchga kiradi.