Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu yil oʻsimliklarning koʻp gullashi natijasida kelib chiqadigan allergiya mavsumi kutilmoqda, deb yozadi «Izvestiya» gazetasi. 

Ekspertlar fikriga koʻra, allergiya mavsumi odatdagidan kamida bir oy keyin tugashi, sentabrda yoki hatto oktabrgacha choʻzilishi mumkin.

“Bu yil boshoqli va murakkab gulli oʻsimliklar faol, deyarli tanaffussiz gulladi, bu esa allergiyaning koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Allergiya mavsumida baʼzi odamlarga dori-darmon yordam bermaydi”, — deya ekspert soʻzlaridan iqtibos keltiradi nashr.

Shuningdek, u bir oy davomida boshoqli oʻsimliklarga allergiyasi bor odamlar “qizil hududda” boʻlganini aytdi. Shifokorlar, agar bemorlarda allergiya va koronavirus bir xil boʻlsa, bu jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin, deb hisoblashadi. Kuzning boshlanishi bilan anʼanaviy ravishda ORVI bilan kasallanish darajasi ham oshadi. Bu allergik kasalliklarni tashxislashda murakkablik keltiradi.