Ammo shu bilan birgalikda bahorning allergik kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi fasl ekanidan, ayniqsa, terak gullaridan astmasi borlar qiynalishini oʻylab, biroz xavotirga ham tushamiz.

Allergiyani davolashda avvalo kasallikning xastalikning boshlangan vaqtiga eʼtibor berish kerak. Bu juda muhim. Chunki kasallik qancha tez rivojlansa, organizm uchun shunchalik xavfli hisoblanadi.

Surunkali kasallik boʻlgani uchun allergiyani butunlay organizmdan yoʻqotib yuborish anchagina mushkul. Kasallikning oldini olish uchun sogʻlom turmush tarziga amal qilish kerak.

Bular quyidagilardan iborat: mavsumiy chang allergiyasi vaqtida boshqa joyga vaqtincha koʻchib oʻtish, agarda har qanday gulga allergiyangiz boʻlsa, uy ichi va tashqarisidagi gullar, it va mushuk junlariga allergiyangiz boʻlsa, ulardan voz kechish lozim.